So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

24 fev 08:30
Yangiliklar

Futbol

"U 10 nafar futbolchini almashtirmoqchi edi" - Laporta Xavining istefosi haqidagi haqiqatlarni ochiqladi

Teglar :  XaviJoan Laporta
"Barselona" sobiq prezidenti va bo'lajak saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etayotgan Joan Laporta 2024 yilda Xavining bosh murabbiylikdan bo'shatilishi bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Uning so'zlariga ko'ra, qaror hissiyotlar ostida qabul qilinmagan.

Ishonch va "sushi" voqeasi:

Laporta o'sha paytdagi shartnoma uzaytirilishi va uni nishonlash uchun sushi buyurtma qilingani haqidagi gaplarni shunchaki qiziq voqea deb atadi. Asosiy muammo murabbiyning jamoa kelajagiga bo'lgan ishonchida edi.

Murabbiy va rahbariyat o'rtasidagi ziddiyat:

Laportaning takidlashicha, Xavining fikrlari tez-tez o'zgarib turgan:

"Bu impulsiv qaror emas edi. Men undan tajriba haqida so'raganimda, u Qatarda etarlicha tajriba to'plaganini aytgandi. Men unga ishongandim, lekin hammasi biz kutgandek bo'lmadi.

Vaziyatni uning gaplari o'zgartirib yubordi. Men undan jamoaga ishonish-ishonmasligini so'raganimda, u 100 foiz ishonishini aytgandi. Biroq ikki hafta o'tib, Xavi "Barsa" yana ikki yil davomida raqobatbardosh bo'la olmasligini bildirdi", — dedi Laporta.

Tarkibni "tozalash" rejasi:

Eng qiziq malumotni Laporta klub sport direktoriga tayanib aytdi:

"Deku menga Xavi tarkibdagi 10 nafar futbolchini yangilamoqchi ekanligini malum qildi. Bu esa jamoa ichidagi muhit va klub rejalariga mutlaqo zid edi".

Eslatib o'tamiz, Xavining ketishidan so'ng "Barselona"da yangi davr boshlangan edi, biroq Laportaning bu gaplari sobiq murabbiy va rahbariyat o'rtasidagi munosabatlar aslida qanday bo'lganini ko'rsatib bermoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing