10 okt 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"U 40 yoshdan oshgan, ammo meni jangga chorlayapti. Unga hurmatim baland" - Benavides Beterbiev haqida gapirdi
Meksikalik bokschi Devid Benavides (32-0, 25 nokaut) yarim og'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Beterbievning jamoasi biz bilan bog'landi. Ular jangimizni tashkil etish ustida faol ish olib borishmoqda. Biz unga o'zi xohlagan imkoniyatni berishni istaymiz. Bilasizmi, men Beterbievni hurmat qilaman. U taxminan 45 yoshda (41 yoshda — tahririyat izohi), ammo meni jangga chorlayapti. Mening unga hurmatim juda baland", — dedi Benavides.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar