23 may 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder boks tarixidagi eng kuchli “pancher” kimligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder boks tarixidagi eng kuchli pancher, yani nokautchi kim ekanligini aytdi.
Qizig'i shundaki, u bu nomga o'zini loyiq ko'rgan.
“Ko'pchilik menda zarbadan boshqa hech narsa yo'q, deb hisoblaydi. Men bu gaplarga etibor qaratmayman. Odamlar hamisha menga nisbatan autsayder jumlasini ishlatishgan.
Ular meni boks tarixidagi eng kuchli pancher deb bilishadimi? Men allaqachon bu nomni o'zimniki qilib olganman. Bu iqtidor menga Yaratgan tomonidan berilgan”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder o'tgan hafta Dominik Brizilni birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar