22 may 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Brizil janginining auditoriyasi qancha bo'ldi?
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder davogar Dominik Brizilni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Ushbu uzoq kutilgan va qisqa davom etgan chempionlik jangini Showtime telekanalining to'g'ridan-to'g'ri jonli efirida 990 000 tomoshabin ko'rgan. Jangning takroriy efirini ham qo'shganda umumiy auditoriya 1,1 mln kishidan oshgan. Bu Uaylderning o'tgan yili Luis Ortisga qarshi o'tkazgan o'yin auditoriyasidan kam (1,2 mln.).
Taqqoslash uchun, Showtime telekanalining raqobatchisi "FOX Sports"da yaqindagina Jarrett Xerd va Julian Uilyams o'rtasida o'tkazilgan jangni 2,1 mln boks ixlosmandi tomosha qilgan. ESPN telekanalida Aleksandr Gvozdik - Dudu Ngumbu jangi auditoriyasi 832 000 tomoshabin bo'lgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar