20 may 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "Endi Joshua bilan jang qilishga majburmiz"
WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Deontey Uaylder uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang qilish istagi borligini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder kecha amerikalik Dominik Brizilni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
"Jangimiz Lyuis-Bou bilan o'xshash vaziyatga aylanib ketishini istamayman. Hozir divizionimiz "yonmoqda". Bunday holatda biz Joshua bilan o'zaro jang o'tkazishga majburmiz, bu bizning muxlislar oldidagi majburiyatimizdir.
O'ylaymanki, navbatdagi muzokaralarda biz kelisha olamiz. Vada beraman, bu jangni albatta tashkil etamiz", - dedi Uaylder.
Malumot uchun, Lennoks Lyuis va Riddik Bou 1988 yilgi Olimpiya o'yinlari finalida to'qnash kelishgan. Ammo, professional ringda ular bir-biridan qochib yurgan.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar