27 noy 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Uaylder - Fyuri: Jang sanasi tasdiqlandi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder rasman 22 fevral kuni ringga ko'tariladigan bo'ldi.
Amerikalik jahon chempioni shu kuni revansh jangida britaniyalik Tayson Fyuri bilan to'qnash keladi. Bu malumotni taniqli promouter Bob Arum tasdiqladi.
"Biz Rojdestvogacha 22 fevral kuni jang o'tkazilishini rasman tasdiqlaymiz. Havotir olmang, bemalol uxlashingiz mumkin", - deya Arumning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Bu ikki bokschining revansh jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar