27 noy 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Fyuri jangi ikkita chempionlik kamari uchun kechadi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder fevral oyida o'z kamarini himoya qiladi.
Amerikalik jahon chempioni hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Bu ikki bokschining ilk jangida durang natija qayd etilgan edi.
Tashkilotchilarning xabar berishicha, revansh jangi g'olibi ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. O'rtaga Uaylderga tegishli WBC kamaridan tashqari vakant bo'lib turgan The Ring jurnali tasis etgan chempionlik tituli ham qo'yiladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar