18 may 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua bilan jang uchun 100 mln dollar so'radi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder qolgan uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshuaga o'z shartini elon qildi.
Amerikalik bokschi britaniyalik jahon chempioni bilan jangga 100 million dollarlik gonorar kafolat qilingan taqdirdagina rozi bo'ladi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar berdi.
“Uaylder 80 mln funt sterling (100 mln dollar atrofida) evaziga Entoni Joshua bilan jangga rozilik beradi”, - deb xabar bermoqda manba.
Malumot uchun, Joshuaning promouterlari Uaylder bilan muzokaralarni 10 mln dollarlik taklif bilan boshlashgan edi. Keyinchalik bu summa 20 va 40 mln dollarga ko'tarildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar