25 may 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: Nima bo'lishini hech kim bilmaydi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder shu vaznda WBO,WBA Super, IBF, IBO kamari sohibi Entoni Joshua bilan bo'lishi mumkin bo'lgan jang haqida fikr bildirdi.
«Barcha bizni solishtirmoqda. Agar ikkalamiz ham ringda uchrashsak, hech kim jang nima bilan yakunlanishini bilmaydi. Men uni yiqitaman deb aytolmayman, lekin u ham meni nokaut qiladi deb aytmagan bo'lardim. Qachonki jang tashkil qilinsa, o'shanda barcha savollarga javob olishimiz mumkin», - deb fikr bildirgan Uaylder.
Eslatib o'tamiz, ikki-uch yildan beri ushbu bokschilar o'rtasidagi jang haqida ko'p bor aytilmoqda, lekin bahs hali ham tashkil qilinmadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar