23 noy 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Ortis: Bokschilar uchun kafolatlangan gonorarlar malum
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
MGM Grand arenasidagi oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WVC chempioni, amerikalik Deontey Uaylder hamda kubalik davogar Luis Ortis o'rtasida o'tkaziladi. Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) bokschilarning kafolatlangan gonorar summasini elon qildi.
Unga ko'ra, Deontey Uaylder jang natijasidan qatiy nazar 3 million dollarga ega bo'ladi. Revansh ilinjida ringga ko'tariladigan Luis Ortis esa ertangi jangidan 1,5 million AQSH dollari ishlab oladi.
Lekin bu hali yakuniy summa emas. Translyaciyadan tushadigan daromaddan ham bokschilarga ulush beriladi. Bu holatda Uaylderning gonorari 20 million, Ortisniki esa 7 million dollarga etishi mumkin.
Havola :
Fikrlar