30 apr 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder trilogiya oldidan jamoasini butunlay yangilaydi
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder jamoasini butunlay o'zgartirmoqchi.
Amerikalik bokschi bu o'zgarishlarni Tayson Fyuriga qarshi kechadigan uchinchi jang oldidan amalga oshiradi.
"Mening hisobimdan yashab kelayotgan barcha "ilonlar"dan qutuldim. Atrofingdagilar ajoyib insonlar bo'lib ko'rinishi mumkin. Lekin vaqti kelganda ularning erkakliklari haddan oshib tushadi. Hamma ko'proq pul ishlab qolishga harakat qiladi. Natija uchun esa jon kuydirish yo'q. SHu sababdan ham jamoamni qaytadan shakllantirishni boshladim. O'ylaymanki, men kuchli bo'lib qaytaman", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar