So’nggi yangiliklar

21:47Ғуломжон Абдуллаев – жаҳон чемпионати совриндори 0 18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0

17 may 19:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Uaylder va Brizil ishtirokida so'nggi matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  BoksUaylderBrizil
AQSHning Bruklin shaharchasida ertangi boks oqshomi oldidan so'nggi matbuot anjumani tashkil etildi.

Xabaringiz bor, 18 may (Toshkentda 19 may tongi) kuni o'tkaziladigan boks kechasining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder hamda rasmiy davogar Dominik Brizil o'rtasida bo'lib o'tadi. 

"Menga qarshi ringga chiqadigan bokschilarning bari eng yaxshi sport formasida ekani, meni mag'lub etishlarini aytishadi. Lekin yakunda bu rejalar amalga oshmay qolaveradi. Bu safar ham shunday bo'lishi kerak. Dominik mendan jang so'radi va men uning istagini amalga oshirdim. Endi mendan xafa bo'lmasin. 18 may oqshomi men uchun quvonchli, Brizilga juda ham qayg'uli bo'ladi", - dedi Uaylder.

"Men jangga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rdim. Verjil Xanter yordamida reja asosidagi kuchli mashg'ulotlarni o'tkazdik. Jismonan va ruhan o'zimni kuchli his qilyapman. WBS kamarini qo'lga kiritish bu mening oliy maqsadim. Uaylder qanday jangga rozi bo'lib qolganini haligacha tushunmayapti. U shanba kuni faoliyatidagi eng qiyin jangini o'tkazadi. Men Deonteyni chunonam do'pposlayman, buning natijasida u qo'lqoplarini boshqa kiyishga o'zida jurat topa olmaydi", - dedi Brizil.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 may 21:50:34
Umed umed
Wilder hadan tashqari kuchli
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing