30 iyu 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uaylderni faqat ikki bokschi mag'lub eta oladi"
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylderni faqat ikki bokschi mag'lub eta olishini aytdi.
Britaniyalik jahon chempionining aytishicha, amerikalikni o'zi hamda birinchi og'ir vaznda sobiq mutlaq jaxon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik mag'lub etishga qodir ekan.
"Deontey Uaylder hozir ham xavfli raqib bo'lib qolmoqda. U mendan boshqa barcha superog'ir vaznli bokschilarni mag'lub eta oladi. Keyin menimcha, Aleksandr Usik ham etarlicha muammo tug'diradi. Men shunchaki vaxshiy hayvonman. Usik chapaqay, aqlli va tezkor harakatga ega bokschi. U nokautchilarga qarshi qanday jang qilishni juda yaxshi biladi", — dedi Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar