So’nggi yangiliklar

06:16Жаҳон чемпионатининг илк куниёқ 4 та медаль қўлга киритдик. Сирожиддинова - Жаҳон чемпиони! 0 19:12WBC президенти Фьюри — Жошуа жанги ҳақида фикр билдирди 0 18:42Аргентиналик мураббий "Нефтчи"дан кетди 0 18:18Сехудо Хабиб нега ММА тарихидаги энг буюк жангчилар қаторида бўлмаслиги кераклигини тушунтирди 0 17:45"Алекс Перейра оғир вазнда қолади" - мураббий 0 17:17Дастин Порье Махачевнинг Иэн Гэррига қарши жангини баҳолади 0 16:42Мюнхен 2028 йилги Чемпионлар Лигаси финалини қабул қилмоқчи 0 16:20"У ярим оғир вазнда жанг қилиши керак". Хавьер Мендес — Махачевнинг эҳтимолий рақиби ҳақида 0 15:46Турки Ал аш-Шейх Иноуэ - Родригес жангини ташкил қилиш билан шуғулланмоқда 0 15:09Жон Жонс Ислам Махачевни барча даврларнинг энг буюк жангчиси деб тан олишдан бош тортди 0 14:38"Барселона" "Фенербахче" дарвозабонини ижарага олмоқчи 0 14:13Порье Хабиб ва Махачев жанг қилган тақдирда уларнинг қай бири ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 13:46Ўзбекистон делегациясининг Аичи-Нагоя-2026 ёзги Осиё ўйинларига тайёргарлиги муҳокама қилинди 0 13:21Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги рақибларини билиб олди 0 12:54ЕЧЛ. Раҳмоналиев жамоаси "Хапоэль Бир Шева"га мағлуб бўлди, олдинда жавоб учрашуви бор 0

10 iyu 19:24
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

Ucell bilan Olimpiadaga: Bahodir Jalolovga ikkinchi oltin medal yo'lida kimlar raqib bo'lishi mumkin?

Parij-2024 Olimpiadasi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Olimpiya o'yinlarida medal taqdim etishi mumkin bo'lgan sportchilarimizning imkoniyatlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Avvalroq Hasanboy Do'smatov va Abdumalik Xalokovning imkoniyatlari haqida gaplashgandik. 

Bugun Tokio Olimpiadasi va jahon chempioni Bahodir Jalolovning vaznidagi vaziyatga "ko'z yugurtiramiz". 

Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida eng og'ir +92 vazn toifasida ishtirok etadi. Mazkur vazn toifasida Jalolovdan tashqari yana 15 nafar sportchi, umumiy hisobda 16 nafar bokschi medallar uchun kurash olib boradi. 

Bahodir Jalolov albatta ushbu vazn toifasida yaqqol favorit hisoblanadi. Ammo bu Olimpiya o'yinlari va unga oddiy sportchilar kelmasligini inobatga olgan holda, unga kimlar asosiy raqib bo'lishi mumkinligini chamalab ko'ramiz. 


Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston)

Bahodirning uzoq yillik principial raqibi. Bir necha yil oldin Qamshibek Bahodir uchun noqulay raqib hisoblanardi. Ammo 2019 yildan boshlab o'zaro to'qnashuvlarda faqat Bahodir Jalolov g'alaba qozonib keladi. O'zaro hisob-kitoblarda ham Bahodir ancha oldinlab ketgan - 7:3. 

Bokschilarning so'nggi o'zaro jangi Xanchjoudagi Osiyo o'yinlari finali doirasida o'tkazilgan va unda Bahodir Jalolov g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. Qura bu safargi Olimpiya o'yinlarida ham ularni o'zaro to'qnashtirishi ehtimoli katta. 


Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)

Superog'ir vazn toifasida medal uchun davogarlardan biri. Belgrad va Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionatlarida bronza medalini qo'lga kiritgan. 2023 yilda Polshada o'tkazilgan Evropa o'yinlarida esa finalgacha etib borish orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan. U Tokio Olimpiadasida ilk jangini aynan Bahodir Jalolovga qarshi o'tkazgandi. SHuningdek bir necha xalqaro turnirlarda ham bokschilar o'zaro jang qilishgan.


Darvoqe, sportchi va murabbiylar, muxlislar Parij Olimpiadasi vaqtida Ucell kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Qulay va arzon roumingni aynan Ucell sizga taqdim etadi.


Davom etamiz...

Delishes Ori (Britaniya)

Otasi nigeriyalik, onasi rus bo'lgan 27 yoshli Ori 7 yoshida oilasi bilan Angliyaga ko'chib ketgan. 2021 yilga kelibgina u Britaniya fuqaroligini olgan. SHundan so'ng Evropa chempionatida bronza, 2023 yilgi Evropa o'yinlarida esa oltin medalni qo'lga kiritib, Parij Olimpiadasiga licenziya olgan. Britaniyalik og'ir vaznlilar doim qiyin raqib hisoblangan. Bahodir Jalolov va uning murabbiylari ushbu raqibni ham yaxshilab o'rganib chiqishgan bo'lsa kerak. 

SHuningdek ushbu vazn toifasida Panamerika o'yinlari chempioni, amerikalik Joshua Edvards, -92 kg vaznda Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi Abner Teysheyra kabi bokschilarni ham alohida qayd etish lozim. 


+92 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida qatnashadigan bokschilar ro'yxati: 

Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)

Delishes Ori (Britaniya)

Murad Kadi (Jazoir)

Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston)

Bahodir Jalolov (O'zbekiston)

Abner Teysheyra (Braziliya)

Joshua Edvards (AQSH)

Teremoana Junior (Avstraliya)

Diego Lenzi (Italiya)

Nelvi Tiafak (Germaniya)

Omar SHiha (Norvegiya)

Jamili-Dini Aboudu Muinze (Franciya)

Gerlon Kongo (Ekvador)

David CHaloyan (Armaniston)

Ayub Gadfa (Ispaniya)

Dimitro Lovchinski (Ukraina)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing