30 may 10:09
Yangiliklar

Uch nafar tennischimiz Toshkentda o'tayotgan turnirning 1/4 finalida o'ynaydi
M15 Tashkent 2 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, unda bir necha nafar tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. Ulardan uch nafari chorak finalga etib keldi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin 46 daqiqa davom etgan 1/8 finalda ATP reytingida 1860-pog'onada borayotgan rossiyalik Dmitriy Doljenkovni 6/1, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Fomin dunyoning 453-raketkasi bo'lib turibdi.
Uchinchi raketkamiz Amir Milushev 2 soatu 11 daqiqalik 1/8 final bahsida reytingda o'zidan 655 pog'ona yuqorida borayotgan rossiyalik Aristarx Safonovdan 4/6, 6/2, 6/4 hisobida ustun keldi. Safonov Toshkent turnirida ettinchi raqam ostida tasniflangan edi.
To'rtinchi raketkamiz Maksim SHin esa reytingda o'zidan salkam 400 pog'ona yuqorida borayotgan hindistonlik Bxarat Kumaranni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
Fikrlar