So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

13 iyu 11:02
Yangiliklar

Sport kurashlari

Uchinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Rustam Assakalov 40 yoshda!

Bugun tajribali yunon-rim kurashchimiz, jahon chempionatining ikki karra sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi, uch karra Osiyo chempioni, Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Rustam Assakalov 40 yoshga to'ldi.

Rustam Assakalov 1984 yil 13 iyul kuni dunyoga kelgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. "Dinamo" klubi azosi. Murabbiylari - Vladimir Xolodaev, Kamil Fatkullin, Ravshan Ro'ziqulov. 

Assakalov 2015 yil AQSHning Las-Vegas, 2019 yilda Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida o'tkazilgan jahon chempionatlarining mos ravishda kumush va bronza medallari sohibi hisoblanadi. U 2014 yilgi Incheondagi Osiyo o'yinlarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. 2018 yil Jakartada o'tgan Osiyo o'yinlarida kumush medal bilan taqdirlangan. 

Bugungi kun qahramoni 2013 yil Nyu-Deli, 2015 yilda Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan. U shuningdek, Osiyo chempionatlarining ikki karra kumush hamda bronza medallariga ham ega chiqqan. 2017 yil Bokudagi Islom Birdamlik o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'lgan. Rio va Tokio Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Parij-2024 Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Fursatdan foydalanib, Rustam Assakalovni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing