16 iyu 08:06
Yangiliklar
![](/upload/storage/122034_220.jpg)
Uchta chempionlik jangi o'rin olgan UFC 251 turnirining barcha juftliklari malum + POSTER
Etiborlisi, ushbu oqshom doirasida bir yo'la uchta chempionlik jangi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn UFC chempioni Kamaru Usman o'z kamarini Gilbert Byornsdan himoya qiladi.
Anderkard jangda yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleks Volkanovski ushbu kamarning sobiq egasi Maks Xolloueyga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Uchinchi chempionlik jangida rossiyalik Pyotr Yan liga chempionligi uchun sobiq jahon chempioni Joze Aldu bilan to'qnash keladi. Tashkilotchilar UFC 251 turnirining barcha juftliklarini elon qilishdi.
UFC 251. Asosiy kard
Kamaru Usman (chempion) — Gilbert Berns (reytingdagi o'rni #1)
Aleksandr Volkanovski (chempion) — Maks Xollouey
Pyotr Yan (#3) — Joze Aldu (#13) vakant kamar uchun jang
Jessika Andrade (#1) — Rouz Namayunas (#2)
Amanda Ribas (#15) — Peyj Vanzant
Saralash kardi
Pedro Munos — Frenki Edgar
Volkan Ozdemir — Irji Proxazka
Leonardo Santos — Roman Bogatov
Tay Tuyvasa — Yaris Danxo
Makvan Amirxani — Denni Genri
Kerol Roza — Vanessa Melo
Jalgas Jumagulov — Raulian Payva
Fikrlar