03 sen 09:59
Yangiliklar

UEFA "Barselona"ga ECHLda "Kamp Nou"ga qaytishiga ruxsat beradi. Reglamentda bu taqiqlangandi
RAC1 nashri tarqatgan xabarga ko'ra, agar "Barselona" PSJga qarshi o'yinga qadar "Kamp Nou"ni tayyorlay olmasa, boshqa stadionda o'yin o'tkazadi. Bu kataloniyaliklariga liga bosqichi davomida "Kamp Nou"ga qaytishga halal bermaydi. UEFA bunga ruxsat berdi.
CHempionlar ligasi reglamentiga ko'ra, fors-major holatlaridan tashqari, jamoaning liga bosqichidagi barcha o'yinlari bitta stadionda o'tkazilishi kerak. Takidlanishicha, ko'k-anorranglilar arenasi bilan bog'liq vaziyat fors-major holat sirasiga kiradi.
SHu tariqa, "Barsa" parijliklar bilan o'yinni avvalgi stadionda o'tkazishi, keyingi uy o'yiniga ("Olimpiakos"ga qarshi) esa "Kamp Nou"ga qaytishi mumkin. Joan Laporta va Aleksandr CHeferin o'rtasidagi yaxshi munosabat kelishuvga erishishga yordam bergan.
Fikrlar