21 fev 08:57
Yangiliklar
Futbol
UEFA "Barselona"ni katta miqdorda jarimaga tortdi
Bu haqda Mundo Deportivo nashri UEFAga tayanib xabar bermoqda.
UEFA "Barselona"ga "Slaviya"ga qarshi o'yin (2:4) yakunlari bo'yicha 30,5 ming evro jarima soldi. Kataloniyaliklar o'z muxlislari tomonidan fayerlar yoqilgani uchun 15,5 ming evro jarima to'laydi. Yana 15 ming evro jarima esa maydonga chiqishdagi kechikish bilan bog'liq.
Takidlanishicha, bu kechikish "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning harakatlari tufayli yuzaga kelgan. UEFA Flikka ogohlantirish berdi, bu ogohlantirish kelajakda qo'shimcha jazoga aylanishi mumkin.

Havola :
Fikrlar