15 may 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 23 may kuni bo'lib o'tadigan turnirni bir hafta keyinga qoldirdi
UFC rahbari Dana Uayt 23 may kuni bo'lib o'tadigan kechani bir hafta keyingasurishga qaror qildi.
23 may kuni o'tishi lozim bo'lgan kecha Las-Vegas shahrida tashkil etilishi lozim edi, ammo shtat vakillari hali ommaviy musobaqalarni o'tkazishga ruxsat bermagani sababli, UFC turnirni 30 mayga ko'chirishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, 30 may kuni bo'lib o'tadigan kechaning markaziy jangida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli Gilbert Bernsga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar