15 apr 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/114506_220.jpg)
UFC 249 bekor qilinishi haqida: "Xabib haq bo'lib chiqqanidan xursand bo'ldi deb o'ylamayman"
Sobiq UFC chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedov haqida gapirdi.
"Bilmayman, Xabib UFC 249 turniri bekor bo'lganidan xursand bo'ldimi yo'qmi. Lekin shunisi aniqki, u Fergyusonga qarshi jang qilmoqchi edi.
U "ana, men haq edim" deb boshqalarni mazah qiladigan yigitlardan emas. Bundan xursand bo'lmaydi. Bilmadim, men shunaqa o'ylayman", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni AQSHda Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin, koronavirus sabab u Rossiyaga qaytib ketdi va keyinchalik jangda ishtirok etmasligini malum qildi. SHundan so'ng UFC Toni Fergyuson uchun boshqa raqib topdi. SHunday bo'lsada, koronavirus sabab UFC 249 turniri bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar