10 may 08:22
Yangiliklar

UFC 249. Ikki tomonlama qonli jang muddatidan avval to'xtatildi + FOTO
Muxlislarsiz o'tayotgan UFC 249 turnirining qiziqarli janglaridan yana biri o'z yakuniga etdi. Unda Visente Luke (17-7-1) va Niko Prays (14-3) o'zaro to'qnash kelishdi. Ushbu jang revansh maqomida bo'lib, haqiqiy manoda qonli jangga aylandi.
Ilk jangda Luke g'alaba qozongan edi. Revansh jangini Niko loukik, xaykik va kuchli jeb zarbalari bilan boshladi. Keyingi raundda Prays nokdaun evaziga muvozanatni tikladi.
Uchinchi raund davom etayotgan bir paytda esa shifokorlar tavsiyasi bilan jang to'xtatildi. Bu vaqtga kelib Praysning ko'zi gematomadan deyarli ko'rmay qolgandi. Lukening o'zi ham yaqinlari tanimaydigan holatga kelayotgandi. Qonli jangda hakamlar Visentening texnik nokautli g'alabasini taminlashdi.
Fikrlar