05 apr 17:59
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 249. Markaziy jangni almashtiradigan juftlik malum
Xabaringiz bor, UFC 249 turnirining markaziy jangi hisoblangan Nurmagomedov - Fergyuson to'qnashuvi bekor bo'lgan edi.
Tashkilotchilar markaziy jangni almashtiradigan juftlikni aniqlab olishdi. Ushbu markaziy jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda Tayron Vudli (19-4) Kolbi Kovington (15-2) o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Har ikki sportchi ham taklifga rozilik berishgan.
"Men UFC matchmeykeri SHon SHelbi bilan gaplashdim. Tashkilot Kolbi va Tayron jangini o'tkazish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan", - deya Twitter sahifasida xabar qoldirgan Vudlining menejeri Malki Kava.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar