08 apr 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 249 o'tkazilishi haqida: Tashkilotchilarga reyting va pullar kerak
Taniqli promouter Eddi Xirn koronavirus pandemiyasiga qaramay, UFC 249 turniri o'tkazilayotganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Bu shunchaki aqlga sig'maydi. Xattoki men ham bunday vaziyatda jang oqshomi tashkil qilmasdim. Bunday variantni ko'rib ham chiqmasdim. O'ylaymanki, gap Dana Uaytning qaysarligida. U o'z ishini qoyilmaqom tarzda bajaradi, lekin bazida oq bayroqni ham ko'tarib turish lozim. ESPN ushbu shouni reklama qilishda davom etayotganidan hayron qoldim. Ularga reyting va pullar kerak. Lekin Sky Sports va DAZN menga xech qanday turnir tashkil etishga ruxsat berishmagan bo'lardi", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar