10 may 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 249. Pettis - Serrone "Kovboy" revansh jangi bo'lib o'tdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida uzoq kutilgan UFC oqshomi davom etmoqda.
Hozirgina muxlislarsiz o'tayotgan UFC 249 turnirining qiziqarli janglaridan biri yakuniga etdi. Unda amerikalik Entoni Pettis revansh jangida Donald "Kovboy" Serronega qarshi oktagonga ko'tarildi. Bu ikki sportchining ilk jangi 2013 yilda o'tkazilib, o'shanda Pettis raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Revansh jangi esa to'liq uch raund davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan g'alabani Pettisga taqdim etishdi. Serrone ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bundan avvalgi jangda u Konor Makgregordan qandaydir 25 soniyada mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar