07 iyu 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 250. Anderkardning yana bir qiziqarli jangi yakunlandi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 250 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning anderkard janglarining yana birida Aljameyn Sterling va Kori Sandxegen o'zaro to'qnash kelishdi. Ushbu jang ham birinchi raundda o'z yakuniga etdi. Sterling raqibini mag'lubiyatga uchratib, g'alabali seriyani beshtaga etkazib oldi.
Sandxegen faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 12 ta g'alaba bor. Endi Sterling keyingi jangini Pyotr Yan —Joze Aldu to'qnashuvi g'olibiga qarshi o'tkazadi. Ana shu uch jangchidan biri chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar