07 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 250. O'Melli asosiy kard janglarini nokaut bilan boshlab berdi, bu uning ketma-ket 12-g'alabasi!
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 250 turniri bo'lib o'tmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval asosiy kardning ilk jangi yakunlandi. Unda istiqboli yuqori baholanayotgan SHon O'Melli engil vazn jangida Eddi Vaynlendga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang uzoq davom etmadi. SHon birinchi raundning o'zidayoq raqibini nokautga uchratdi. Bu O'Melli uchun ketma-ket qozonilgan 12-g'alabasi bo'ldi. So'nggi 4 ta g'alabasiga UFC ligasida erishgan. Eddi Vaynlend esa faoliyatidagi 14-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 24 ta g'alaba va bir durang bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar