06 iyu 08:34
Yangiliklar

UFC 250 tarozi marosimi: Nunes Spenserdan og'ir keldi + FOTO
Bugun jangchilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Oqshomning markaziy jangi ikki vazn toifasida jahon chempioni Amanda Nunes hamda davogar Felisiya Spenser o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jangda Nunesga tegishli yarim engil vazndagi UFC kamari o'rtaga qo'yiladi.
Tarozidan o'tish marosimida chempion davogardan 200 gramm og'irroq chiqdi. Amanda Nunes - 65,7 kg, Spenser esa 65,5 kg tosh bosdi. Anderkard jangda to'qnash keluvchi Rafael Assunsao va Kodi Garbrandt bir xil vaznga ega ekani oydinlashdi - 136 funt.
UFC 250. Tarozi marosimi natijalari
Asosiy kard
Amanda Nunes (145 funt) — Felisiya Spenser (144,5 funt)
Rafael Assunsao (136) — Kodi Garbrandt (136)
Aljameyn Sterling (136) — Kori Sandxegen (135,5)
Neyl Megni (171) — Rokko Martin (170,5)
SHon O'Meyli (136) — Eddi Uaynlend (136).
Fikrlar