07 iyu 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 250 turniridan kim qancha ishlab olingan elon qilindi
Bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 250 turniri bo'lib o'tdi.
Nevada Atletik komissiyasi oqshom ishtirokchilarining kafolatlangan gonorarlarini malum qildi. Oqshomning markaziy jangi ishtirokchisi, ikki vaznda amaldagi UFC chempioni Amanda Nunes 450, uning raqibasi kanadalik davogar Felisiya Spenser 200 ming dollarga ega bo'ldi.
Anderkard jangi g'olibi Kodi Garbrandt 240 ming, u nokautga uchratgan Rafael Assunsao 158 ming dollarni qo'lga kiritdi. Garbrandt UFC tomonidan 50 ming dollar bonusga ham ega chiqdi.
Asosiy kard janglarida g'alabaga erishgan Aljameyn Sterling 152, SHon O'Meyli 80 ming dollarlik bo'ldi. Har ikki jangchiga shuningdek, 50 ming dollar bonus puli ham taqdim etildi.
Havola :
Fikrlar