12 iyu 11:11
Yangiliklar

UFC 251. "Janglar oroli"dagi dastlabki turnirning barcha natijalari bitta sahifada
Kechaning markaziy jangida Kamaru Usman ochkolar hisobida Xorxe Masvidalni mag'lub etdi.
Asosiy kard:
Kamaru Usman Xorxe Masvidalni ochkolar evaziga mag'lub etdi (yarim o'rta vazn);
Aleksandr Volkanovski ochkolar evaziga Maks Xolloueyni mag'lub etdi (yarim enil vazn);
Petr Yan beshinchi raundda Joze Aldoni texnik nokautga uchratdi (o'ta engil vazn);
Rouz Namayunas Jessika Andradeni ochkolar evaziga mag'lub etdi (ayollar, minimal vazn);
Amanda Ribas birinchi raundda Peydj VanZantni og'rituvchi usul bilan mag'lubiyatga uchratdi (ayollar, o'ta engil vazn).
Prelimlar:
Irji Proxaska Volkan Ozdemirni ikkin raundda nokautga uchratdi (yarimog'ir vazn)
Muslim Salixov ochkolar evaziga Elizeu Zaleski Dos Santosdan ustun keldi (yarimo'rta vazn)
Makvan Amirxani Denni Genrini birinchi raundda mag'lub etdi (yarim engil vazn)
Leonardo Santos hakamlar qaroriga ko'ra Roman Bogatovni mag'lub etdi (engil vazn)
Qo'shimcha prelimlar:
Marchin Tibura Maksim Grishinni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi (og'ir vazn)
Raulian Payva Jalgas Jumagulovni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi (o'ta engil vazn)
Kerol Rosa Vanessa Meloni ochkolar evaziga mag'lub etdi (ayollar, engil vazn)
Deyvi Grant Martin Deyni uchinchi raundda nokautga uchratdi (engil vazn)
Fikrlar