14 iyu 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 251 rekord o'rnatdi
Xabaringiz bor, yakshanba kuni Abu-Dabida UFC 251 kechasi bo'lib o'tdi.
"Janglar oroli"dagi ilk turnirning markaziy jangida Xorxe Masvidal va Kamaru Usman o'zaro bahs olib borishgan va yakunda amaldagi chempion ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
UFC 251 kechasini tomosha qilish uchun jami 1,3 million pullik PPV translyaciyalari sotildi. Bu so'nggi ikki yildagi rekord hisoblanadi. Bunga qadar eng katta ko'rsatkich 2018 yili Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jangda (2,4 million dollar) qayd etilgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar