09 iyu 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 251 translyaciyasi bo'yicha malumot berildi
Xabaringiz bor, 12 iyul kuni Abu-Dabi shahrida joylashgan Janglar orolida ilk UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechada jami to'qqizta juftlik bahs olib boradi. UFC 251 turnirini «UzReport» kanali 12 iyul kuni tongda soat 5:00 da jonli efirni boshlaydi. Dastlab 4 ta prelim jangi bo'lib o'tadi,shundan so'ng, taxminan 7:00 da asosiy kard boshlanadi (vaqti bir necha daqiqa surilishi mumkin). Undan 5 ta katta jang o'rin olgan. Ikkitasi davogarlar darajasidagi jang, so'nggi uchtasi esa chempionlik uchun titul janglari.
Bu haqida Davron Fayziev Telegramdagi kanalida malumot berdi.
Eslatib o'tamiz, kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn UFC chempioni Kamaru Usman davogar Xorxe Masvidalga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar