12 iyu 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 251. Uzoq kutilgan Usman - Masvidal jangi yakunlandi
Hozirgina, Abu-Dabining Janglar orolida uzoq kutilgan UFC 251 kechasining markaziy jangi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn UFC kamari sohibi Kamaru Usman Xorxe Masvidalga qarshi jang o'tkazdi. Besh raundga mo'ljallangan bahsda chempion har bir besh daqiqalikda raqibini «ezish»ga erishdi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qolishni uddaladi.
Jang yakuniga ko'ra, hakamlar 50:45, 50:45, 49:46 hisobida Kamaru Usmanning g'alabasini qayd etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar