30 iyu 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 303. Asosiy karddagi yagona ayollar jangida qon to'kildi
Las-Vegasda (AQSH) UFC 303 turniri davom etmoqda.
Turnir asosiy kardidan o'rin olgan ikkinchi jang ham yakunlandi.
Unda ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasi reytingida uchinchi o'rindagi braziliyalik Mayra Bueno Silva hamda ettinchi o'rinni egallab turgan AQSH vakilasi Meysi CHiasson jang qildi.
Bellashuv ikkinchi raundda muddatidan oldin to'xtatildi. Silvaning qoshi yorilgani va undan ko'p miqdorda qon oqqani sababli shifokorlar Mayraga jangni davom ettirishi uchun ruxsat bermadi. SHu tariqa, jangda Meysi CHiasson texnik nokaut orqali g'alaba qozondi, deb topildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar