22 may 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni: 1-2 yildan so'ng qiziqarliroq takliflar bo'lganida yana ko'rishamiz
Yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons agar Fransis Ngannuga qarshi jang uchun gonorar oshirilmasa, faoliyatini to'xtatib turishini aytdi.
"Bunga aql bovar qilmaydi. UFCdagilar ushbu super jang va men og'ir vaznga o'tishim uchun ko'proq pul to'lashni istamapyati. Ular shunchaki translyaciyalar orqali pul ishlab olishim mumkinligini aytishmoqda.
Yigitlar, siz bilan yaxshi damlar bo'ldi. Balki, 1-2 yildan so'ng UFC qiziqarliroq takliflarga tayyor bo'lganida ko'risharmiz.
Hozircha esa sog'lig'im, jismoniy holatim va oilam haqida o'ylayman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar