30 sen 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempioni Kormening raqibini muxlislar aniqlab berishdi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Daniel Korme navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishini malum qildi.
Korme o'zining so'nggi jangida nokaut evaziga Jon Jonsga yutqazib qo'ygandi. Lekin Jonsning qonidan taqiqlangan modda topilgani bois, keyinchalik chempionlik kamari yana Danielga qaytarib berildi.
Etiborlisi, Kormening navbatdagi jangidagi raqibini muxlislar aniqlab berishdi. Muxlislar shveycariyalik Volkan Ozdemirni Kormega raqib sifatida tanlashdi. Volkan ham ijtimoiy tarmoq orqali bu tanlovga ijobiy javob berdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar