25 iyu 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni o'zi haqida bolalarga atab kitob chiqaradi
Yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski bolalar uchun o'zi haqida kitob tayyorlamoqda.
"Kitob men haqimda bo'ladi. Risolada jahon chempioni qanday bo'lishi kerakligi haqida so'z yuritiladi. Ko'pchilik jangchilarni janjalkash deb hisoblaydi, lekin aslida biz unday emasmiz. Bizning qo'limizdan ham yaxshi ishlar keladi, men kitobimda aynan shuni ko'rsatib bermoqchiman", - dedi Aleks.
Malumot uchun, Volkanovski professional faoliyati davomida 22 ta jangda ishtirok etib, ularning 21 tasida g'alaba qozongan. Bitta bahsda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan. Aleks navbatdagi jangini UFC 251 kechasida Maks Xolloueyga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar