09 iyu 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni qanday shart bilan boks jangida qatnashishi mumkinligini aytdi
UFC chempioni Israel Adesanya qanday shartlar asosida boks jangida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Yaqinda Floyd Meyvezerning jurnalistlar uchun o'tkazgan ko'rgazmali sparringini ko'rdim. O'shanda men o'zimga-o'zim: "Men bu bilan shug'ullanmayman".
Men o'zimning jangovar ko'nikmalarimni yo'qotmoqchi emasman. Buni qilib bo'lganman. Boksdagi rekordim 6-1. Ular shunchaki boksda tajribasi bo'lmagan sportchiga g'alabani berishni istashmagandi.
Qanday pul evaziga boks tushishga rozi bo'laman? Nima uchun boks tushishim kerak? 100 million? Yo'q. Men bunga UFCda ham erishishim mumkin. Men milliard dollar evaziga boks tushishim mumkin.
Aynan shunday narx evaziga o'z arsenalimdagi qurolni 90 foizga yo'qotgan holda jang qilishga rozi bo'lardim", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar