11 may 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Sexudo faoliyatini yakunlaganiga ishonmaydi
Yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jonsning fikricha, Genri Sexudo faoliyatini yakunlamaydi.
"Kimgadir yangi shartnoma kerak. U xech qaerga ketmaydi", - deb munosabat bildirgan Jon Jons o'z tvitterida.
Eslatib o'tamiz, Sexudo kecha o'tkazilgan UFC turnirida Dominik Kruzni mag'lubiyatga uchratib, kamarini himoya qildi. Ushbu jangdan so'ng sportchi faoliyatini yakunlashini elon qildi. U mazkur qarorini hayotini oilasiga bag'ishlashni istayotgani bilan izohladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar