20 iyu 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Xabibni "buyuklardan biri" deb atadi va uni oktagonga chorladi
Yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilish istagi borligini malum qildi.
"Xabibga qarshi jang - yaxshi variant! Hozir men kamarimni himoya qilishim kerak, ammo kelasi yili yaxshi variant bo'lsa, boshqa vaznda ham jang qilishga tayyorman. Xabib - UFC tarixidagi buyuk jangchilardan biri. U hurmatga loyiq inson. Ammo, Xabib bilan jang qiladigan bo'lsam, uning avvalgi raqiblari singari osonlik bilan parterga tushib qolmayman", - dedi Aleks.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski navbatdagi jangini 11 iyul kuni Maks Xolloueyga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang revansh maqomida bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar