11 iyu 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. CHempionlik jangi bekor bo'lishi mumkin
UFC jangchisi Deyvison Figeredoning koronavirus uchun topshirgan test tahlili ijobiy chiqqan.
Kecha braziliyalik jangchi San-Paulodan Abu-Dabiga uchishi lozim edi, ammo aeroportda olingan test natijalari unda virus borligini tasdiqlagan. Agar ertaga ham Deyvisondan olingan test natijasi ijobiy chiqsa, 18 iyul kuni bo'lib o'tadigan chempionlik jangi bekor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Figeredo 18 iyul kuni Jozef Benavidesga qarshi o'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan UFC kamari uchun oktagonga ko'tarilishi lozim.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar