22 may 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC COVID-19 sabab ikkita turnirni bekor qildi
UFC promousheni Kanadaning Saskatun hamda AQSHning Texas shtati Ostin shaharlarida o'tkaziluvchi Fight Night seriyasiga kiruvchi turnirlarni bekor qildi.
Saskatundagi turnir 20, Ostindagi esa 27 iyun kuni o'tkazilishi kerak edi. Bunga ushbu shaharlardagi koronavirus pandemiyasi sabab qabul qilingan karantin qoidalari sabab bo'lgan.
Avvalroq UFC prezidenti Dena Uayt promoushenning navbatdagi turniri 30 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilishini rasman tasdiqlagan edi. Ushbu oqshomning markaziy jangi sobiq UFC chempioni Tayron Vudli hamda Gilbert Berns o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar