14 may 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 171. 41 yoshli Orlovskiy ishtirokidagi jang yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida UFC Fight Night 171 turniri bo'lib o'tmoqda.
Markaziy kardning ilk jangida belaruslik Andrey Orlovskiy braziliyalik Filipe Linsga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq uch raund davom etdi va yakunda 41 yoshli Orlovskiy hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi - 30:27, 30:27, 29:28.
Bu belaruslik tajribali jangchi uchun faoliyatidagi 29-g'alaba bo'ldi. Uning hisobida 19 ta mag'lubiyat bor. Lins esa UFCdagi debyut jangini muvaffaqiyatsiz yakunladi. Filipe 2018 yili og'ir vaznda PFL promousheni chempioni bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar