15 may 11:55
Yangiliklar

UFC Fight Night 171. Kim qancha ishlab oldi? Qizig'i, markaziy jang g'olibi ro'yxatda ikkinchi
Tashkilotchilar ushbu oqshomning barcha jangchilari uchun kafolatlangan gonorarlari summasini oshkor qildi. Eng katta gonorarga Andrey Orlovskiy ega chiqqan. Belaruslik yakkakurash ustasi UFC Fight Night 171 turniridan 325 ming dollar ishlab olgan.
Malumot uchun, og'ir vazn toifasi vakili bo'lgan Orlovskiy braziliyalik Filipe Linsga qarshi oktagonga ko'tarilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Mag'lubiyatga uchragan Lins 80 ming dollarga ega bo'ldi. Bu Filipe uchun UFCdagi debyut jang edi.
Qiziq jihati shundaki, turnirning markaziy jang g'olibi ikkinchi katta gonorarni qo'lga kiritgan. Braziliyalik Glover Teysheyra markaziy jangda Entoni Smitni mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu g'alaba unga 280 ming dollar keltirdi.
Gonorarlarning to'liq taqsimoti:
Glover Teysheyra ($280 ming) – Entoni Smit ($ 130 ming);
Ben Rotuell ($260 ming) – Ovins Sen-Pryo ($ 95 ming);
Dryu Dober ($116 ming) – Aleksandr Ernandes ($ 36 ming);
Riki Simon ($60 ming) – Rey Borg ($ 46 ming);
Andrey Orlovskiy ($325 ming) – Filipe Lins ($ 80 ming);
Tiago Moyzes ($24 ming) – Maykl Jonson ($ 83 ming);
Florida shtati boks Komissiyasi tasdiqlagan malumotlarga ko'ra umumiy gonorar fondi 1 milion 750 ming dollardan iborat bo'lgan.
Fikrlar