14 may 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 171. Oqshomning markaziy jangi muddatidan avval yakunlandi
Xabar berganimizdek, AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida UFC Fight Night 171 turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina kechaning markaziy jangi ham yakunlandi. Yarim og'ir vazn toifasida o'tgan jangda braziliyalik Glover Teysheyra hamda amerikalik Entoni Smit o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Kutilganidek jang favoriti hisoblangan Teysheyra ilk daqiqalardan tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi. So'nggi beshinchi raundda jang referisi hisobni ochdi va Smitning texnik nokautini qayd etdi.
SHu tariqa braziliyalik aralash qoidalar ustasi faoliyatidagi 31-g'alabasini tantana qildi. Uning hisobida 7 ta mag'lubiyat ham bor. Amerikalik Smit esa bugun 38-jangidagi 15-mag'lubiyatini qarshi oldi. Bu turnir ham UFC 249 shousi singari muxlislarsiz o'tdi.
Havola :
Fikrlar