17 may 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 172 biroz kutilmagan natija bilan boshlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida UFC Fight Night 172 turniri bo'lib o'tmoqda.
Qiziqarli janglarning biri yarim engil vazn toifasida Edson Barboza hamda Den Ige o'rtasida o'tkazildi. Jang to'liq uch raund davom etdi va yakunda hakamlarning qarori bilan g'olib aniqlandi.
Hakamlarning ikki nafari Ige, uchinchi esa Barbozaning g'alabasini taminlashdi. Bu Edson uchun ketma-ket qabul qilingan uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. Uning hisobida 20 g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor. Ige esa 14-g'alabasini tantana qildi. Faoliyatida ikki bor mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Fikrlar