19 may 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 172. Eng katta gonorarga kim ega chiqdi?
AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 172 turniri bo'lib o'tgandi.
Ushbu UFC oqshomida eng katta gonorarga Alistar Overim ega chiqdi. Niderlandiyalik faxriy jangchi amerikalik Uolt Xarrisni kechaning markaziy jangida texnik nokautga uchratgan edi. Overim turnirdagi ushbu jangidan 400 ming dollar ishlab oldi.
Agar tashkilotchilar eng yaxshi jang uchun mo'ljallangan bonusni ham Alistarga taqdim etishganida niderlandiyalikning umumiy gonorari 450 ming dollar bo'lar edi. Overimga imkoniyatni boy bergan Xarrisning ushbu oqshomdagi gonorari 75 ming dollar bo'ldi.
Havola :
Fikrlar