17 may 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 172. Gadelya - Xill jangi ham yakunlandi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida UFC Fight Night 172 turniri bo'lib o'tmoqda.
Ayollar o'rtasidagi engil vazn toifasida o'tkazilgan jangda braziliyalik Klaudiya Gadelya hamda amerikalik 35 yoshli Anjela Xill o'zaro to'qnash kelishdi.
Bu jang ham to'liq uch raund davom etdi va yakunda hakamlar g'olib nomini aniqlab berishdi. Gadelyaga ikki, Xillga bir hakam o'z g'alabasini taqdim etgan. Klaudiya 22-jangidagi 18-g'alabasiga erishdi. Hisobida 4 ta mag'lubiyat ham bor. Faoliyatida 12 ta g'alabaga erishgan Xill esa bugun 8-mag'lubiyatini qarshi oldi. U so'nggi uchta jangida zafar quchgan edi.
Havola :
Fikrlar