19 may 13:01
Yangiliklar

UFC Fight Night 172. Kim qancha gonorar ishlab oldi? (to'liq info)
Florida shtati boks qo'mitasi ushbu UFC turniri ishtirokchilari uchun kafolatlangan gonorarlarni elon qildi. Eng katta gonorarga 40 yoshli Alistar Overim ega chiqdi. Niderlandiyalik faxriy jangchi 400 ming dollar ishlab oldi.
Ro'yxatda ikkinchi o'rinni Klaudiya Gadelya band etdi. Klaudiya xonim 108 ming dollar gonorarga ega bo'ldi. U anderkard jangda hakamlar qaroriga ko'ra Anjela Xillni mag'lubiyatga uchratgan edi.
To'liq gonorarlar ro'yxati:
Alistar Overim (g'alaba, $ 400 000) — Uolt Xarris ($ 70 000);
Klaudia Gadelya (g'alaba, $ 108 000) — Anjela Xill ($54 000);
Edson Barboza ($ 79 000) — Den Ige (g'alaba, $ 100 000);
Erik Anders ($ 61 000) — Kshishtof Yotko (g'alaba, $ 108 000);
Marlon Vera ($ 65 000 + $ 50 000 bonus — Song Yadong (g'alaba, $ 96 000 + $ 50 000 bonus);
Mett Braun ($ 85 000) — Migel Baeza (g'alaba, $ 24 000 + $ 50 000 bonus);
Kevin Xolland (g'alaba, $ 52 000) — Entoni Ernandes ($ 12 000);
Giga CHikadze (g'alaba, $ 28 000) — Irvin Rivera ($ 14 000);
Darren Elkins ($ 62 000) — Neyt Landver (g'alaba, $ 26 000);
Kortni Keysi (g'alaba, $ 100 000 + $ 50 000 bonus) — Mara Romero Borella ($ 20 000).
Fikrlar