14 iyu 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 172. Markaziy jang to'liq 5 raund davom etdi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 172 turniri yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida amerikalik sportchilar - Jessika Ay va Sintiya Kalvilo o'zaro to'qnash kelishdi. Birinchi raund teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi raundda Kalvilo tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda g'olib nomi hakamlar tomonidan aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan Sintiya Kalviloning g'alabasini taminlashdi - 49:46, 49:46, 48:47.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar